"Real" Garet Beylni sotishga tayyor: uning transfer narxi ham ma'lum

Mirjalol Normatov
20 fev 2019, 22:56
"Real" hujumchi Garet Beyl bilan xayrlashishga tayyor.

"Telemadrid" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" uelslikni 147 million evroga sotib yuborishga tayyor turibdi. Forvardga "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Milan" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

29 yoshli Beyl 2013 yildan buyon "Real" tarkibida 219 o'yinda qatnashdi va 100 gol urib, 63 golga assistentlik qildi.

Uning klubi bilan shartnomasi 2022 yilda yakunlanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telemadrid