"Real" g'alabasidan so'ng Pike yana "Tvitter"da "chug'urladi"

Aslanov Jasurbek
19 apr 2017, 11:26
Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida "Real" 120 daqiqali o'yinda "Bavariya"ni 4:2 hisobida taslim etdi.

Takroriy lavhalarda "Qirollik klubi" urgan 2 ta gol ofsayddan ekanligi ko'rinib qolgan.




"Real"ning azaliy raqibi "Barselona" himoyachisi Xerard Pike o'zining "Tvitter"dagi so'zlari bilan ijtimoiy tarmoqlarning "qahramoni"ga aylangan. Pike bu safar ham u jim tura olmadi.


Kataloniya klubi futbolchisi "Tvitter"da shunchaki uchta nuqta qo'ydi. Himoyachi bu bilan "Real"ning g'alabasiga ishora qilgan bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DailyMail