"Real" futbolchisining jarohati qaytalandi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025
Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik may oyida mushaklaridan olgan jarohatini qaytalab oldi.

Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.

18 yoshli braziliyalik futbolchi endi bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Forvard o'tgan yozda "Palmeyras"dan Madrid klubiga o'tgandi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Endrik 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 37 o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic