
"Qirollik klubi" yirik g'alabalarini doimo Plasa Sibelesda nishonlaydi. "Malaga"ga qarshi bahsda "Real" Ispaniya chempioniga aylandi va "Qirollik klubi"ning futbolchilari o'z his-hayajonlarini yashirishmadi. Ular "Barselona" va "Atletiko"ni haqorat qilishdi ham. Eng ko'p haqoratli so'zlar Xerard Pike nomiga yog'ildi. Ma'lumotlarga ko'ra, Plasa Sibelesda "Real" futbolchilari muxlislar bilan birgalikda quyidagi so'zlarni aytishgan: "Jin urgur Pike, chempionni tabrikla".