"Real" forvardi qishda "Roma"ga o'tadi

Alisher
28 dek 2019, 12:12
"Real" hujumchisi Mariano Dias jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kirmayapti.

Shu sababdan, futbolchi yanvar oyida "qirollik klubi"ni tark etishi kutilmoqda.

Dias uchun Italiyaning "Roma" klubi raqobatlashmoqda. Noyabrda ma'lum bo'lganidek, rimliklar futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirishmoqda.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Diasning transfer narxi 16 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, Mariano "Real" 2018 yilda "Lion"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS