“Real” forvardi La Liganing boshqa klubiga o'tishga yaqin. Transfer narxi va bitim necha yilga tuzilishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
25 iyul 2022, 07:50
Madridliklar hujumchisi Borxa Mayoral tez orada “Real”ni tark etadi.

Mayoral “Xetafe”ga o'tishga yaqin turibdi. Tomonlar og'zaki kelishuvga erishgan.

Transfer 10 mln evroga amalga oshishi kutilmoqda. Bitim esa 5 yilga tuziladi.

Borxa o'tgan mavsumni ijara asosida “Xetafe”da o'tkazib, Ispaniya chempionatida 18 ta bahsda qatnashgan holda 6 ta golni o'z hisobiga yozdirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca