"Real" yetakchilaridan birining kelajagi borasida qaror qabul qildi

Omonjon To`xtamirzayev
29 apr 2025, 17:25
"Real" Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua bilan shartnomani 2028 yilning yozigacha uzaytirmoqchi.

Bu borada qaror qabul qilingan. Yaqin haftalarda rasmiy ma'lumot e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Kurtua "Real"ga "Chelsi"dan 2018 yilning avgustida ko'chib o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyida nihoyasiga etadi. Joriy mavsum 32 yoshli golkiper 43 ta uchrashuvda 48 ta gol o'tkazib yubordi va 14 ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

Avvalroq, "Real" Karlo Anchelottiga yangi lavozim taklif qilishi haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо