"Real" bugun chempion bo'lishi mumkin, agar...

Narzulla Saydullayev
4 may 2024, 12:51
Bugun Ispaniya chempionatining 34-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

Agar bugun peshqadam "Real" "Kadis"ni mag'lub etsa va "Barselona" "Jirona"ni yuta olmasa Madrid klubi muddatdan avval chempionlikka erishadi.

Barchasi "Barselona"ning o'yini kechroq boshlanishi bois Madrid klubi futbolchilari bugun chempionlikni nishonlashmaydi. Bundan tashqari "Qirollik klubi" yangi hafta boshida "Bavariya"ga qarshi YCHL 1/2 finali javob bahsini o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, "Real" 33 ta o'yinda 84 ochko to'plagan, "Barselona" esa 33 ta uchrashuvda 73 ochko jamg'argan. Ispaniya chempionati musobaqa jadvali


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia