"Real" braziliyalik xavbek bilan shartnomani bekor qildi

Eldor Akmurzayev
4 sen 2019, 02:05
Real klub yarim himoyachisi Lukas Silva bilan shartnomani bekor qildi.

AS'ning bergan ma'lumotiga ko'ra, bu ikkala tomonning kelishuvi asosida amalga oshgan. 

26 yoshli xavbek 2015 yili Kruzeyrodan 13 mln. evro evaziga qirollik klubiga transfer qilingandi. Asosiy jamoada 9ta o'yin o'tkazganidan keyin Silva Marsel (2015-2016) hamda Kruzeyroda (2017-2019) ijara asosida faoliyat olib bordi. 

2016 yilda u yuragida muammolar borligi bois futbol bilan hayrlashishi haqida e'lon qildi. Biroq, ushbu murojaatining ertasi kuni Lukas barchasi joyida ekanligini aytib,  faoliyatini davom ettirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS