"Real" biror futbolchini sotmaguncha Kovachichni qaydnomaga kirita olmaydi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2015, 15:18
"Real" yangi yarim himoyachisi Mateo Kovachich tibbiy ko'rikdan o'tish uchun bugun Ispaniyaga yetib keldi.

Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi payshanba kuni "Santyago Bernabeu"da tanishtiriladi, ammo raqamsiz futbolka oladi. Ayni damda "Real" Ispaniya chempionatiga yangi futbolchini qayd eta olmaydi, chunki qaydnoma to'lib qolgan. Faqat uchinchi darvozabon o'rni bo'sh.

Shunday qilib klub biror futbolchini sotganidan so'ng xorvat qaydnomaga kiritiladi. Ma'lum bo'lishicha, klubni Aser Ilyaramendi yoki Lukas Silva tark etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com