“Real” Bellingem uchun 100 million evrodan ko'proq mablag' sarflashga tayyor

Оқил Абдубарноев
30 dek 2022, 21:09
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun transfer bozorida qizg'in kurash kechmoqda.

Angliyalik futbolchiga "Real Madrid" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, Madrid grandi Bellingem uchun 100 million evrodan ham ko'proq pul sarflashga tayyor.

Qayd etilishicha, “Real Madrid” vakillari allaqachon Jud Bellingem vakillari bilan yaxshi suhbat o'tkazgan.

Shuningdek, 19 yoshli yarim himoyachini "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari diqqat bilan kuzatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN