"Real" Bellingem uchun 100 million evro to'laydi

Omonjon To`xtamirzayev
26 may 2023, 11:24
"Real" va Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Jud Bellingem transferi borasida to'liq kelishuvga erishdi.

Madrid klubi 19 yoshli ingliz uchun 100 million evro to'lab beradi. Futbolchining o'zi bilan esa 6 yillik shartnoma imzolanadi.

Transferning so'nggi ishlari keyingi haftada amalga oshiriladi.

Klublar va futbolchi transfer borasida kelishuvga erishganini bundan bir necha hafta avval xabar qilgandik.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca