"Real" "Bavariya" qiziqqan "Jirona" himoyachisini ham ilib ketmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
5 mar 2024, 14:32
"Real Madrid" "Bavariya"dan Alfonso Devisning transferini deyarli hal qildi.

Myunxenliklar kanadalikning o'rnini Migel Guterres bilan to'ldirmoqchi edi. Biroq "Real" "Jirona" safida to'p tepayotgan tarbiyalanuvchisi qaytarib olishni ko'zlamoqda.

22 yoshli Migel Guterres joriy mavsum 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" o'yinchini 8 mln evro evaziga qaytarish huquqiga ega.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/MatteMoretto