"Real" – "Barselona" uchrashuvi uchun chiptalarning narxlari e'lon qilindi

14 fev 2020, 00:50
Ispaniya chempionati 26-turidan o'rin olgan "Al Mumtoz" uchun chiptalar 20 fevraldan sotuvga chiqariladi.

Chiptalar narxi 96-410 evro oralig'ida bo'ladi (VIP-o'rinlar inobatga olinmagan taqdirda).

VIP-chiptalarning bahosi 1600 evro qilib belgilangan. Mehmonlar sektori uchun chiptalar sotuvi "Barselona" tomonidan amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, mazkur bahs 1 martdan 2 martga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 01:00da, "Santyago Bernabeu"da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS