"Real" Azarni sotishga qaror qildi va uning narxini ma'lum qili

Alisher
6 dek 2021
"Real" belgiyalik xavbek Eden Azarni qishki transfer oynasida sotishga qaror qildi.

Sotuv yanvarda amalga oshishi mumkin. Ispan grandi futbolchini 25 million evro evaziga qo'yib yuboradi.

O'yinchiga "Vest Xem" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda.

Edenning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS