"Real" ayollar futbol jamoasini tashkil etmoqda

Alisher
22 iyun 2019, 17:36
"Real" o'z ishtirokini 2019/20 yilgi mavsum Ispaniya chempionatida boshlaydigan ayollar jamoasi tashkil etilganini e'lon qildi.

"Qirollik klubi" buning uchun "Teykon" futbol klubining ligadagi o'rnini sotib olish bo'yicha kelishib oldi. "Real" buning uchun "Teykon"ga 500 ming evro to'laydi. Bitim iyun oyi oxirida yakunlanishi kerak.

Oldinroq, "Real" ayollar jamoasini tashkil etishi mumkinligi to'g'risida xabarlar chiqqandi. Klub rahbariyati "Teykon" klubi bazasi va manbalaridan foydalanadi. "Qaymoqranglilar" buni klub tezroq yuqori bosqichga chiqishi uchun qilishmoqda.

"Teykon" 2012 yilda tashkil etilgan klub bo'lib, o'tgan yil primera, yani oliy divizionga yo'llanma olgan edi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com