"Real" – "Atletiko". Beyl, Koentrau va Arbeloa maydonga tusha oladi

Tolibjon Qosimov
4 fev 2014
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu to'qnashuvdagi g'oliblik ikkita o'yinda qo'lga kiritiladi. Biz doim bor kuchimiz bilan o'ynashgna urinamiz.

Ertaga chempionat doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yindagi tarkibdan tubdan farq qiladigan tarkib tushadi.

Beyl ushbu bahsda qatnasha oladi. Koentrau va Arbeloa ham "Atletiko" bilan o'ynashi mumkin.

Varan o'zini yaxshi his qilayapti. Agar ertaga maydonga tushmadi bo'lmasa, shanba kuni aniq tayyor bo'ladi", – deydi Anchelotti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru