"Real" asosiy futbolchisi "El Klasiko" oldidan jarohatidan tuzaldi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025, 18:43
Madridliklar markaziy himoyachisi Din Xyoysen jarohatdan tiklandi.

20 yoshli futbolchi "Yuventus" va "Xetafe"ga qarshi so'nggi ikki o'yinni o'tkazib yubordi, ammo "Barselona" bilan bo'lajak o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda. "Diario AS" nashrining xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi jarohatidan tuzalib, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "El Klasiko"da "qaymoqranglilar"ga yordam berishga tayyor.

"Real"ning "Barselona"ga qarshi o'yini La Liganing 10-turida "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi va o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi. Xabi Alonso jamoasi turnir jadvalida 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, "Barselona" esa 22 ochko bilan 2-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS