"Real" Asensio ketsa, Dibala bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi

Alisher
24 iyun 2022
"Real" "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaga qiziqish bildirmoqda.

Madrid klubi yarim himoyachi Marko Asensio ketsa, 28 yoshli argentinalik bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

Eslatib o'tamiz, Dibala 2022 yilning 30 iyunida erkin agentga aylanadi. 

Hujumchi o'tgan mavsum Turin klubi safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com