"Real" APLning ikki yulduzini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2018, 15:00
Madridning "Real" klubi qishda tarkibni ikki nafar futbolchi bilan kuchaytirishi mumkin.

"Qirollik klubi" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashford va "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni sotib olmoqchi. "Qaymoqranglilar" ushbu transfer uchun umumiy 90 mln funt (Eriksen uchun 40 mln funt, Rashford uchun 50 mln funt) sarflamoqchi. Ispan grandi ushbu futbolchilarni qo'lga kiritishi qiyin bo'ladi, chunki MYU va "shporlar" o'z yuluzlarini bunday narxga sotmasligi ehtimoli katta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sun Sport