"Real" Alfonso Pedrasani sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 noya 2018, 18:45
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Alfonso Pedrasa klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga "Real" qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" futbolchining o'sishini kuzatib borishmoqda va uni tez orada xarid qilishmoqchi.

Pedrasa so'nggi o'yinlarda chap qanot himoyachisi sifatida to'p tepmoqda.

Joriy mavsum Pedrasa LaLiganing 10ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Marca