"Real" Alfonso Devis transferi uchun qancha to'lamoqchiligi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2024, 17:11
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis yozda katta ehtimol "Real"ga o'tadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, shu kunlarda Myunxenda "Bavariya" rahbariyati va futbolchining agenti o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan. Asosiy masala "futbolchining kelajagi" edi.

"Real" Devis transferi uchun ko'pi bilan 40-50 mln evro to'lashga rozi. "Bavariya" himoyachining shartnoma muddati yakunlanishiga 1 yil qolayotgani tufayli "qaymoqranglilar" bu summani yana tushirishga urinadi, deb hisoblamoqda.

Bugungi kunga kelib, Devis "Bavariya"da qolishdan ko'ra, "Real"ga o'tishga yaqinroq turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Журналист Флориан Плеттенберг