

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" vakillari shu kunlarda nemis grandi bilan muzokara o'tkazgan. Keyinroq "Bavariya" avstriyalik futbolchi agentlarini bo'lib o'tgan uchrashuv haqida ogohlantirdi. "Real" Alabaning narxini tushirishga harakat qildi va futbolchi uchun 50 mln. evro taklif qildi. Ammo "Bavariya" o'z himoyachisini faqat 80 mln. evroga qo'yib yuborishi mumkin.



