

Ma'lumotlarga qaraganda, madridliklar "Al Nassr"ning 30 yoshli ispaniyalik himoyachisi Emerik Lyaportni Yevropaga qaytarmoqchi. "Qaymoqranglilar" futbolchi arablar bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, "Real"ga erkin agent sifatida kelib qo'shilishini istamoqda.
Joriy mavsum, Lyaport barcha musobaqalardagi 15 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.



