"Real" 70 mln evrolik xavbekka ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2026
AS nashrining xabar berishicha, "Real" "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonni transfer qilish niyatida.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli angliyalik futbolchining transfer qiymati 70 mln evrodan ortiq deb baholanmoqda. "Real" Angliya terma jamoasi futbolchisini markazda Orelen Chuameniga ideal o'rinbosar yoki Arda Gyulerga hujumga yaqinroq o'ynash imkonini beradigan variant sifatida ko'rmoqda.

Shuningdek, "Manchester Siti", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham "Kristal Pelas" xavbekiga qiziqish bildirmoqda.

Uorton 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 27 o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 60 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS