"Real" 65 millionga jahon chempionini sotib olishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
24 sen 2024
Argentina terma jamoasi va "Tottenxem" klubi himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqida "Todofichajes" xabar bermoqda. Manbaning yozishicha, 26 yoshli futbolchi "Real" e'tiborini tortgan. "Qaymoqranglilar" Romeroni kelasi yil yozda sotib olishlari mumkin. Argentinalik uchun "qirollik klubi" 65 million evro taklif qilishi kutilmoqda. 

Kristian londonliklar sharafini 2022 yil yozidan buyon himoya qilib keladi va amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. APL joriy mavsumida Kristian 5 ta o'yinda 1 ta gol urdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Todofichajes