"Real" 15 ta o'yindan beri yutqazmayapti

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2022, 07:31
"Real" ushbu mavsumda umuman yutqazmadi.

Kecha Karlo Anchelotti shogirdlari safarda "Elche"ni 3:0 hisobida mag'lub etishdi. 

Shu tariqa, madridliklar mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini 15 taga etkazishdi: 13 ta g'alaba, 2 ta durang. 

Endi "Real" 22 oktyabr kuni safarda "Sevilya"ga qarshi o'ynaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru