RCN: Xames “MYU” bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
13 may 2017, 00:24
“Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges yozda Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Yaqinda Xames va uning agenti Jorje Mendesh “Real” prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, futbolchining klubdagi holatidan noroziliklarini bildirishgan. Peresga futbolchining oldida turgan takliflar haqida ma'lum qilingan.

Peres futbolchi va uning agentiga mavsum yakuniga qadar sabr qilishlari lozimligini takidlagan. Ammo 25 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Buhaqda Kolumbiyaning RCN radiosiga  asoslanib As nashri xabar bermoqda.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS