

- Yangi mavsum arafasida turibmiz, jamoamiz mavsumga qanday tayyorgarlik bilan kelmoqda?
- O'zimiz ham mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. Yangi mavsumga tayyorgarlikni imkon darajasida yaxshi olib bordik, deb o'ylayman. Bir necha kun oldin olimpiya terma jamoasiga taklif qilingan futbolchilarimiz ham safimizni to'ldirishdi. Jamoa bilan butun e'tiborimizni 9 mart kuni Dinamo bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvga qaratganmiz. Qanchalik bu Mavsumga qanchalik tayyor ekanligimizni shu uchrashuvda ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Dinamo jamoasi bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida ikki og'iz fikringiz.
- Yuqorida aytib o'tganimdek hozir bor e'tiborimizni Dinamo bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvga qaratganmiz. Jamoa tarkibidagi o'yinchilar orasida yosh va tajribali o'yinchilar bor. Bu yangi jamoa. Bu jamoa hali o'z so'zini aytadi.


