Rays: "MYU bilan durang – adolatli natija"

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagi (1:1) durangdan so'ng taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Angliyalik xavbekning 74-daqiqada urgan goli "to'pchilar"ga "Old Trafford"da durang olib keldi. "Qizil iblislar" tarkibida Brunu Fernandesh birinchi bo'lim yakunida darvozani ishg'ol qildi.

"Tanaffusgacha bazi epizodlarda chiroyli o'ynadik, ammo keskinlik yetishmadi. Ikkinchi bo'limda bo'shashib, o'yinni "Manchester Yunayted"ga berib qo'yishimizga oz qoldi. Menimcha, durang adolatli natija bo'ldi. Raqib yaxshi o'ynadi, ajoyib himoyalandi", – dedi Rays.

Eslatib o'tamiz, Deklan Rays kecha "Arsenal" uchun nafaqat gol urdi, balki qaltis vaziyatda jamoasini qutqarib ham qoldi (VIDEO).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports