Rayola Romanolining "Milan" bilan yangi shartnomasi bo'yicha muzokaralariga keldi

Alisher
18 noya 2021, 18:47
"Milan" himoyachisi Alessio Romanolining agenti Mino Rayola klub bilan muzokaralar uchun Milanga keldi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Rayola 26 yoshli italiyalikning "rossonerilar" bilan yangi shartnomasi borasida muzokaralar uchun keldi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. "Milan" tez orada shuningdek Zlatan Ibragimovich bilan ham shartnomani uzaytirishni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Romanoli 2015 yilning avgustidan beri "Milan"da o'ynaydi. Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano