Rayola Ibragimovichning “Boka Xuniors”ga o'tishi mumkinligini rad etdi

26 sen 2019, 09:25
Agent bularni yolg'on xabar deb atadi.

Avvalroq Zlatan Ibragimovichning “Boka Xuniors” klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ammo futbolchining agenti bu haqdagi ma'lumotlarni rad etdi.

“Men hech qachon Ibragimovichni “Boka Xuniors”ga taklif qilmaganman. Mutlaqo haqiqatga to'g'ri kelmaydigan xabarlar”, - deya yozadi Mino Rayola.

Ma'lumot uchun, Zlatan joriy mavsum MLS’da 27 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As.com