“Rayo Valekano”ga qarshi bahsdan keyin Messi stadionda qolib, bolboylar bilan rasmga tushdi

Eldor Akmurzayev
28 yanv 2021, 19:25
Ispaniya Kubogida “Barselona” safarda “Rayo Valekano”ni taslim (2:1) etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Uchrashuv yakunlaganidan keyin esa kataloniyaliklar sardori deyarli 20 daqiqacha maydonda qolib, raqib futbolchilari bilan fikr almashdi, to'p uzatuvchi bolalar va stadion xodimlari bilan rasmga tushdi hamda ularga dastxat ulashdi.

“Messi endi bu yerda hech qachon o'ynamasligini bilgan holda ushbu stadion bilan xayrlashayotgandek tuyuldi”, deb o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashgan ispan jurnalisti Serxi Kapdevila.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru