Rayan Babel APLga qaytishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2019
"Beshiktosh" yarim himoyachisi Rayan Babel APL jamoasiga o'tishi mumkin.

"Telegraaf" xabariga ko'ra, "Liverpul"ning sobiq futbolchisi 15 yanvar kunida "Fulxem"da tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan keyin gollandiyalik borasida qaror qabul qilinadi. Natijalar yaxshi bo'lsa, u mavsum yakuniga qadar London jamoasida ijarada o'ynaydi.

Bu mavsumda 32 yoshli Babel jamoasi tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi. 2007-2011 yillar davomida u "Liverpul" sharafini himoya qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telegraaf