Ravshan Mirzakarimov: "Penalti bo'yicha hakamga etirozimiz bor"

Narzulla Saydullayev
29 may 2019, 21:17
A Pro-Liga 8-turidan o'rin olgan “Istiqlol”- “Iftixor” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Ravshan Mirzakarimov quyidagicha fikrlarni bildirdi.

Bugun Farg'ona viloyati derbisiga guvoh bo'ldik. Bilasizlar, derbi maqomidagi o'yinlar har doim qiyin kechgan. Bugun biz A PRO-Liga peshqadamlaridan biriga qarshi uchrashuv o'tkazdik. Jamoamiz yigitlariga minnatdorchilik bildiraman, bugun ular kuchli raqibga qarshi munosib o'yin namoyish etishdi, aytish mumkin bo'lsa g'alabaga teng o'yin o'tkazishdi. So'ngi daqiqalarda jamoamizda gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi, ozgina omad yetishmadi. Agar o'sha vaziyatlardan gol kiritganimizda, balki g'alaba qozonib ketishimiz ham mumkin edi.

Afsuski, hakamlar haqida gapirishga majbur bo'lmoqdamiz. Darvozamiz tomon belgilangan penalti uchrashuv natijasiga ta’sirini ko'rsatdi. Bizda bugungi uchrashuvdagi hakamlik uchun etiroz bor - deydi Ravshan Mirzakarimov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia