Ravshan Haydarov: “Jahon Chempionatida har bir o'yin – bir imkoniyat”

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2015, 09:59
Ertaga, 4 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 12:00da O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-20) Yangi Zelandiyada bo'lib o'tayotgan Jahon Chempionati guruh bosqichi doirasidagi ikkinchi o'yinda Germaniya qarshi maydonga tushadi.

Bugun ushbu uchrashuvga bag'ishlangan o'yin oldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda qatnashgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Germaniyaga qarshi o'yindan nimalar kutayotgani haqida to'xtalib o'tdi.

“Germaniyaning juda kuchli raqib ekani sir emas. Ularga qarshi birinchi o'yindagidan boshqacharoq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Jahon Chempionatida har bir o'yin bir imkoniyat demakdir. Ulardan maksimal darajada foydalanish kerak. O'ylaymanki, yigitlar birinchi o'yindagi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishga harakat qilishadi”.

“Har bir o'yinning ahamiyati katta. Buni futbolchilar ham his qilib turishibdi. Albatta, Germaniyaga qarshi o'yin, birinchi turdagidan farq qiladi. Taktik tomondan o'zgarishlar bo'lishi tabiiy, chunki raqiblar butunlay boshqa-boshqa”, - deydi Ravshan Haydarov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com