Ravshan Haydarov: Hozir natija emas, tayyorgarlik muhim

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2014, 16:37
Toshkentdagi yig'inni yakunlagach, yig'in borasida Ravshan Haydarovga yuzlandik.
Tayyorgarligimiz reja asosida davom etmoqda, desam ham bo'ladi - deya gap boshladi Haydarov. Ko'zlaganimizdek, ikkinchi yig'in doirasida to'rtta nazorat uchrashuvlarini belgilagandik va ushbu bahslarda jamoaning yangi futbolchilarini sinovdan o'tkazish bilan birga tarkibning shakllanishiga ham jiddiy e'tibor qaratdik. Paxtakor, So'g'diyona, Buxoro va Olmaliq klublariga qarshi to'p surib ikki durang, ikki mag'lubiyat qayd etgan bo'lsakda, eng asosiysi jamoaning tayyorgarligiga katta urg'u berdik. Chunki, bunday o'yinlarda natija emas, eng avvalo tayyorgarlik muhim o'rin tutadi - deydi bosh murabbiy klub rasmiy tvitteriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia