Ravshan Haydarov: "Dinamo"da hammasi joyida

Nadirkhuja Yuldashev
27 noya 2013, 16:14
Ikkinchi davrada "Dinamo"ni xafvli zonadan olib chiqib keta olgan Ravshan Haydarov jamoani yangi mavsumga jiddiy tayyorlash niyatida
Murabbiyning "SA"ga xabar qilishicha, "Dinamo" 15 dekabr kuni o'z yig'inini Samarqandda boshlaydi. Dastlabki 1 haftalik mashg'ulotlarda mahalliy yoshlar ishtirok etadilar. Ular asosan 1994 yil va undan kichik yoshdagi futbolchilar bo'ladi. Asosiy maqsad, jamoada mahalliy futbolchilar sonini oshirish.
 
22 dekabrdan boshlab asosiy tarkib yig'in boshlaydi. 10 yanvar kuni mashg'ulotlar Toshkentga ko'chadi. Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, "Paxtakor"dan ijara asosida "Dinamo" safiga kelib qo'shilgan futbolchilar 2014 yilda ham jamoada qoladilar. Albatta, bu muxlislarni quvontirishi aniq.

"Jamoa rahbariyati etarli sharoitlarni yaratib berganligi uchun ulardan minnatdormiz. Barcha futbolchilar bilan hisob-kitob ishlari yakuniga etgan. Klub rahbariyati o'z oldiga qo'ygan majburiyatini to'liq ado etib bo'lgan. Endi yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Mahalliy futbolchilarga ham jiddiy e'tibor qaratish niyatidamiz. Rejaga fevral oyida xorij safari ham kiritilgan. Joriy mavsum jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar biz bilan qolishga tayyorlar", - deydi Ravshan Akmalovich.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia