Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni chempionatidan o'rin olgan o'yinni boshqaradi

Tolibjon Qosimov
20 fev 2019, 18:06
Ertaga, 21 fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionati 20-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Al-Hazm" jamoasi o'z maydonida "Al-Ittifoq" klubini qabul qiladi.

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi taklifiga binoan mazkur o'yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"Al-Hazm" - "Al-Ittifoq" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Burayda shahridagi "Qirol Abdulla" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz