Ravshan Ermatov Saudiya Arabistoni - Avstraliya o'yinini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016, 15:40
Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, “V” guruhi bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni – Avstraliya uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

6 oktyabr kuni Jidda shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuvga bosh hakam sifatida FIFA hakami – Ravshan Ermatov tayinlangan. Ermatovga bu o'yinni boshqarishda qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam berishadi. To'rtinchi hakam sifatida esa Sherzod Qosimov ishlaydi.

Uchrashuv nazoratchisi – qatarlik Safar Tolib Ballan bo'lsa, komissar – xitoylik Tu Xiliang.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com