Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar kubogida ishlaydi, faqat...

Narzulla Saydullayev
28 apr 2017
Yozda Rossiyada Konfederatsiyalar kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.
Kecha FIFA ushbu musobaqada ishlaydigan bosh hakamlar nomini e'lon qilgandi. Ko'pchilik muxlislarimizni nima uchun Ravshan Ermatov bu ro'yxatda yo'qligi qiziqtirdi.

FIFA bu musobaqada videotakrorlardan ham foydalanadi va o'z-o'zidan unda videoassistent hakamlar ham ishlashadi. O'zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov aynan shunday lavozimda Konfederatsiyalar kubogida faoliyat olib boradi.


 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com