Ravshan Ermatov 11-o'yinga tayinlandi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2018, 21:34
FIFA Ispaniya - Marokash uchrashuviga hakamlarni tayinladi.

25 iyun kuni Kaliningrad shahridagi stadionda bo'lib o'tadigan mazkur bahsni o'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi. Qanotlarda unga hamyurtlarimiz Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami Muhammad Abdulla (BAA). 

Ermatov 2-turdan o'rin olgan Argentina - Xorvatiya uchrashuvida ham ishlagan edi.

Shu tariqa, Ermatov Jahon chempionatlaridagi boshqargan o'yinlari soni bo'yicha o'zi o'rnatgan rekordni yangilaydi. Bugunga qadar Ermatov JCH final bosqichlarida 10ta o'yinda bosh hakam bo'lgandi.

Ispaniya  - Marokash
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakami: Abduhamidullo Rasulov (O'zbekiston)
Qanot hakami: Jahongir Saidov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia