Ravanelli: "Buffon Ronaldudan ko'ra "Oltin to'p"ga munosibroq"

Aslanov Jasurbek
29 may 2017, 18:45
"Yuventus" sobiq hujumchisi Fabricio Ravanelli jamoa posboni Janluiji Buffonni maqtadi.

"Buffon Ronaldudan ko'ra "Oltin to'p"ga munosibroq. Jiji o'z yoshiga qaramasdan, ajoyib mavsum o'tkazdi. Krishtianu har doimgidek kuchli, ammo u ko'p marotaba bu sovrinni qo'lga kiritdi. Bitta ko'p yoki bitta kam - bu Ronaldu uchun nimani o'zgartiradi? Krishtianu - buyuk sportchi va Buffon uchun xursand bo'ladi" - deydi Ravanelli.

"Real" va "Yuventus" o'rtasidagi Chempionlar ligasi finali 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS