Raul "Real"ga qaytish istagini bildirdi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025
"Real" afsonasi Raul faoliyatini yakunlaganidan so'ng asosiy jamoaga murabbiylik qilish imkoniyatini kutib, "Kastilya"ga bosh murabbiy sifatida qaytdi.

Vaqt o'tdi, ammo taklifnoma kelmadi, shundan so'ng u "Valdebebas"ni tark etdi. Biroq "Real"ni boshqarish istagi saqlanib qoldi.

Raul "qaymoqranglilar" uning orzusi ekanligini va kelajakda uyga qaytishni xohlayotganini aytdi.

"Men dunyoning eng yaxshi klubida bo'lganimdan va futbol o'ynash orzumni amalga oshirganimdan xursandman. Yomonidan ko'ra yaxshi lahzalar ko'proq edi. Hozir shu lahzadan zavqlanib, yaxshi loyiha paydo bo'lishini kutib, o'rta va uzoq muddatli istiqbolda o'zim bo'lishni istagan uyga qaytishni istayman va buni hamma biladi", – dedi Raul.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS