Raul: "Kasilyas hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas"

25 may 2014, 22:47
"Real"ning afsonaviy hujumchisi Raul Gonzales sobiq jamoasining YCHL muvaffaqiyati haqida gapirib o'tdi.

Men juda xursandman. Biz yana bir katta sovrinni qo'lga kiritdik. O'ninchi kubokni yutish oson bo'lmadi. Lekin baribir buni  uddalay oldik va tarixni yaratdik.
Kasilyas? U ajoyib mavsumni o'tkazdi. "Atletiko" kiritgan golda Ikyerdan omad yuz ugirdi. "Real"ni Iker Kasilyas finalga olib chiqdi. Kasilyas hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas.
Barcha "Real" futbolchilari uchun xursandman va albatta Iker Kasilyas uchun ham. U haqli ravishda YCHL bosh sovrini baland ko'tardi.


Manba: sports.ru