
– Biz guruhda birinchi o'rinni olib keyingi bosqichga chiqdik, aynan shu bois ham bizni hurmat qilishadi, – deydi Garsiya UEFA rasmiy saytiga. – 1/8 finalga chiqqan barcha klublar kuchli. Chempionlar ligasida bundan keyin ham yaxshi ishtirok etmoqchimiz. Nima bo'lishini ko'ramiz. Qanday raqib tushsa ham o'z o'yinimizni ko'rsatamiz.