

Ispaniyalik mutaxassi "Borussiya M" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Bild nashrning xabar berishicha, nemis jamoasi Xerardo Seoanni iste'foga chiqarganidan so'ng Raulga taklif bilan chiqishgan. Tomonlar hozirda muzokara olib borishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Raul o'tgan yili 6 yillik faoliyatidan so'ng "Kastilya" murabbiyligidan ketgandi.
Ma'lumot uchun, "Borussiya M" ayni vaqtda Bundesligada 4 ta turdan so'ng 2 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog'onasida ketmoqda.



