

Tuxel 2025 yil 1 yanvar kunidan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi va shartnoma 1,5 yilga mo'ljallangan bo'ladi. Yanvar oyiga qadar Angliya terma jamoasini Li Karsli boshqarib turadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Tuxel ushbu lavozimda yiliga besh million funt sterling maosh oladi. Bugunning o'zida rasmiy tanishtiruv bo'lishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi kuni kecha Millatlar ligasi doirasida Finlyandiyani mag'lub etdi (3:1).




