Rasmiy xabar: "Surxon" ikkinchi davrada raqiblarni "Dinamo" stadionida qabul qiladi

Iskandarov Abdulaziz
12 iyul 2024
Avvalroq "Surxon" klubi rahbariyati, Surxondaryo viloyat futbol assotsiatsiyasi vakillari va viloyatning qator tashkilotlari rahbarlari, Liga mutaxassislari "Surxon" arenada bo'lib, uning 2024 yilgi mavsumda ishga tushirilishi masalasini muhokama qilgandi.

Ayni vaqtda klub rahbariyati "Surxon" arenani pardozlash, unga VAR texnikasini olib kelish ustida ish olib bormoqda. O'z navbatida Liga 2024 yilgi mavsumning o'zida bir nechta uchrashuvni Termizda o'tkazish va 2025 yildan boshlab barcha uchrashuvlarni mazkur arenada o'tkazish rejalarini ishlab chiqmoqda. 

Stadion bilan bog'liq ta'mirlash ishlari sabab Surxon bir necha mavsumni Toshkentda o'tkazishga majbur bo'ldi. Bu borada klub rahbariyati "Paxtakor" stadionidan foydalanib kelayotgandi. Biroq endilikda poytaxtdagi yana 2 ta stadion Superliga talablariga moslashtirish vaji bilan yopildi. Shundan kelib chiqib, "Surxon" Termizdagi arena to'liq tayyor bo'lguniga qadar bir nechta uchrashuvni Samarqand shahridagi "Dinamo" stadionida o'tkazadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати