

Faoliyati davomida "Bunyodkor", "Qizilqum", "Andijon" kabi klublar safida harakat qilgan qanot himoyachisi Sunnatilla Abdullajonov bugun "Turon" bilan rasman shartnomaga imzo chekdi.
Ma'lumot uchun, iqtidorli himoyachi joriy mavsumning birinchi qismini Toshkentning "Bunyodkor" klubi safida o'tkazdi va Coca-Cola Superliganing 8 ta uchrashuvida maydonga tushdi.
"Turon" futbol klubi Sunnatilla Abdullajonovning jamoadagi faoliyatida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaydi.




